Bulunğur tumani sobiq hokimi Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 5 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Transportda xafvsizlikni ta’minlaş boşqarmasida IIV TXTBB boşliği polkovnik R.A.Taşpölatov, şuningdek, viloyat IIB boşliğining örinbosarilari polkovnik F.U.Rahmatov hamda podpolkovnik E.M.Alkarov iştirokida şaxsiy tarkib örtasida xizmat intizomi hamda qonunçilikka rioya qiliş masalalariga bağişlangan uçraşuv ötkazilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Qayd etilişiça, uçraşuvda Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Bahodir Bahromov şaxsiy tarkibga taniştirilgan.

Ma’lumot uçun, Bahodir Bahromov ötgan yil dekabrida öz arizasiga köra boşqa işga ötişi munosabati bilan Bulunğur tumani hokimi lavozimidan böşatilgan va örniga Samandar Ostonov tuman hokimi etib tayinlangandi. Bahromov muqaddam Samarqand şahar IIB boşliği bölgan.