Munosabatda biznes ombudsman devoni tomonidan tegişli masala yuzasidan e’lon qilingan maqolada keltirilgan holatlarni örganiş va işga oid zarur ma’lumotlarni töplaş boşlangani aytilmoqda.
Xususan, holatga oydinlik kiritiş maqsadida Qaşqadaryo viloyat hokimligi va IIBga sörov xatlari kiritilgan.
Şu bilan birga, Qaşqadaryo viloyat hokimligi biznes ombudsman tomonidan 5 yanvar kuni tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişiga doir qonun hujjatlarining buzilişiga yöl qöyilgan taqdirda tegişli tartibda çora köriş böyiça ogohlantirilgan.
Munosabatda holat yuzasidan örganiş davom ettirilayotgani va natijasi böyiça OAV xabardor qilinişi aytilgan.
Uşbu holat böyiça Kun.uz suriştiruvlarini davom ettirmoqda. Ma’lumotlarga köra, Qaşqadaryodan çigit olib çiqiş bilan boğliq muammo 2021 yilning 28 dekabrida boşlanmagan. Bir muddat avval aynan “Umakay” postidan yana boşqa tadbirkorlarning mahsulotlari YPX xodimlari hamrohligida qaytarib ketilgani va xarid qilingan joyga olib borib tökilgani böyiça dalillar taqdim qilindi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ham masalaga aralaşdi va viloyat hokimligi hamda IIBdan izoh talab qildi.
















