Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropolitenida hojatxonalar quriladi
Toshkent metrosining “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda, agarda bu o‘zini oqlasa boshqa bekatlarda ham amalda tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yerosti bekatlarida kishi sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi bosim borligini inobatga olgan holda, barcha bekat navbatchilari birinchi yordam ko‘rsatish ma’lumotiga ega va barcha bekatlarda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, zarur vaqtlarda tez yordam xodimlari chaqirtiriladi, metropolitenning “Paxtakor” va “Ming o‘rik” bekatlarida tibbiy punktlar mavjud.
“Yerusti metro bekatlarida imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan liftlar o‘rnatilgani ko‘pchilikka ma’lum. Liftlardan asosan keksalar, homilador ayollar, yosh bolali va nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi belgilangan. Bekatlardagi mavjud liftlar va eskalatorlar bir maromda ishlashini tashkil qilish va nazorat o‘rnatish borasida metropoliten xodimlari orasida doimiy navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda barcha yerusti metro bekatlarida mavjud liftlar soz holda ishlab, yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi yo‘lovchilarga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatmoqda”, deyiladi ma’lumotda;
2022 yil 3 yanvar sanasidan boshlab “Toshkent metropoliteni” tomonidan fuqarolar murojaatlari va takliflari uchun maxsus telegram-bot ishga tushdi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026