Adliya vazirligi xabariga köra, xorijga çiqiş biometrik pasportini oliş uçun fuqarolar arizani öz xohişiga köra quyidagilardan biriga berişi mumkin: IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalariga kelgan holda; davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Ariza berişda sörovnoma töldiriladi, sörovnomada xato ma’lumotlar körsatilganda yoki hujjatlar töliq bölmaganida, kamçiliklarni bartaraf etiş uçun ariza beruvçiga 5 iş kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa sörovnoma rad etiladi.

Fuqarolar xorijga çiqiş biometrik pasportini oliş uçun 3 iş kunida davlat bojini tölaydi.

Ariza beruvçi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tuşiş hamda qöl barmoq elektron izlarini oliş uçun keliş kuni haqida 1 iş kunida xabardor qilinadi.

Xorijga çiqiş biometrik pasporti 10 iş kunida beriladi.