Rossiyada gipertovuşli raketalar mavjudligi bois London gipertovuşli qurol işlab çiqişni möljallamoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa ştabi boşliği Toni Radakin ma’lum qildi.
"Bizda bunday raketalar yöq, ammo bölişi şart", - dedi Radakin.
U şuningdek, oxirgi 20 yil içida Rossiya suvosti kemalarining faolligi misli körilmagan darajada oşganini aytdi. Radakinning sözlariga köra, bu suvosti kabellari tizimiga xavf solişi mumkin.
"Dunyodagi axborot va trafikning katta qismi aynan ular orqali ötadi", - dedi Radakin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ötgan yil dekabrda Rossiya "Tsirkon" gipertovuşli raketalarini sinovdan ötkazganini ma’lum qilgandi.
"Sinovlar muvaffaqiyatli ötdi", - degandi Putin.

















