Qayd etib ötiş kerak, Özbekistonda koronavirus pandemiyasi hukm surganidan söng bir qança barça muassasalarning işlaşiga ruxsat berildi. Lekin sanitariya va gigiyena qoidalarini heç kim bekor qilgani yöq.

Çindan ham, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) birinçi bandiga köra, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş — bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilangan.

BHMning beş baravari aynan 1 mln 350 ming söm böladi. Lekin bu qat’iy jarima emas. Kodeksda ham beş baravariGAÇA deb yozib qöyilgan.

Unda, miş-mişlarda jon bor bölib çiqsa va jarimalar yana qöllanila boşlasa «maskasiz» yuriş qança jarimaga sabab böladi?

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 25-moddasi (Jarima) ning ikkinçi qismida fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining ellikdan bir qismi (5400 söm)dan, mansabdor şaxslarga esa — öndan bir qismi (27000)dan kam bölmasligi kerakligi belgilab qöyilgan.

Demak, hozirgi şaroitda jamoat joyida niqob taqmaslik 5400 sömdan 1 mln 350 ming sömgaça bölgan miqdorda jarimaga sabab böladi. Jarima miqdorini vakolatli şaxs belgilaydi.

Kun.uz ötgan yil yozida öz manbasiga tayanib bir statistikani e’lon qilgandi: karantin boşlangan 2020 yil bahoridan boşlab 2021 yil iyul oyigaça 1 mln 139 ming 872 nafar şaxs tibbiy niqob taqmagani uçun jarima tölagan. Jarimalarning umumiy summasi 279 mlrd sömdan oşgan. Bu bitta bayonnomaga örtaça 245 ming sömdan töğri keladi.

Ötgan yili bazaviy hisoblaş miqdori aynan 245 ming söm bölganini inobatga olsak, amaliyotda niqob taqmaslik uçun 1 BHM jarima qöllanayotgani ma’lum böladi. Eslatib ötamiz, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab bazaviy hisoblaş miqdori 270 ming sömni taşkil etadi.