Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Aliya mamlakatdagi voqealarga ilk bor izoh berdi.

«Mamlakatimizdagi fojiali voqealardan qalbim larzada. Qurbonlar va halok bo‘lganlar uchun og‘riq va taassuflarimni bildirishga so‘z topolmayapman», — deb yozdi u.

«Bu achchiq saboq tariximizdagi eng so‘nggisi bo‘lsin», — deb ta’kidladi Aliya Nazarboyeva.

U halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik hamda o‘zini va otasini qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi.

Aliyaning otasi Nursulton Nazarboyev omma oldida ko‘rinish bermayapti. 8 yanvar kuni uning matbuot kotibi Nazarboyev Nur-Sultonda ekanini ma’lum qilgandi.