«Tojikiston yoki Özbekistondagi harbiy aviatsiyamiz qaytarilişi kerak. Biz ularning xorijda qolişi yoki bu mamlakatlarning aviatsiyamizdan foydalanişiga yöl qöymaymiz», dedi Afğoniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi mavlaviy Muhammad Yoqub. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.

U harbiy aviatsiyani qaytarmagan mamlakatlar oqibatlarga duç kelişi haqida ogohlantirdi, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, sobiq hukumat ağdarilganidan söng 40dan ortiq vertolyot Özbekiston va Tojikistonga çiqib ketgan.

TOLOnews kanalining ma’lumotlariga köra, Afğoniston hukumati 164ta harbiy samolyot va vertolyotga ega bölgan, hozirda esa ularning 81tasi Afğoniston ixtiyorida. Qolganlari esa Afğonistondan olib çiqib ketilgan.