Sayyor sudlarda jazodan ozod etilganlar mehnatga halol munosabatda bölgani va çeklovlarga töliq rioya etgani inobatga olingan. Bu haqda viloyat IIBB Probatsiya bölimi xabar qildi.
Şu bilan birga, sud tomonidan belgilangan çeklovlarga amal qilmay, jazoni ötaşdan qasddan böyin tovlab yurgani uçun 155 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qiliş joyiga qaytarilgan.
Qayd etilişiça, jazodan ozod qilingan şaxslarni ijtimoiy hayotga moslaştiriş böyiça 134 marta mehnat yarmarkasi taşkil etilib, ularning 3 793 nafari işga joylaştirilgan. Şuningdek, 422 nafari kasbga yönaltiriş böyiça bepul öquv kurslariga borişi ta’minlangan, 220 nafari qayta kasbga yönaltiriş böyiça öqitilgan.
Probatsiya xizmati – axloq tuzatiş, ozodlikni çeklaş, muayyan huquqdan mahrum qiliş va majburiy jamoat işlari jazolarini, şuningdek, ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazoning ötalmagan qismini axloq tuzatiş, ozodlikni çeklaşga almaştirilgan jazolarni ijro etiş, şartli hukm qilingan va jazoni ötaş muddatidan ilgari şartli ozod qilingan şaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat qiliş böyiça vakolatli xizmat.

















