Qayd etilişiça, koronavirusning omikron ştammi mamlakatga kirib kelganiga köp bölmadi. Bu xabar köpçilikning xavotiriga sabab böldi. Şu sababdan ham kasallikka rasmana çalingan inconlar bilan birga, özida şamollaş alomatlarini sezganlar, kasallikdan şubha qilganlarning ham “tez yordam” xizmatiga murojaatlari köpayib bormoqda. 

“Bu “tez yordam” xodimlarining iş yuklamasida va kelayotgan murojaatlar sonining kunma-kun oşib borişida körinib turibdi. Masalan, Toşkent şahar “103” xizmatiga  12 yanvarda 4888 ta murojaat kelib tuşdi.

Mavjud vaziyatni yaqindan örganiş maqsadida soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev bugun tungi soat 03:00 larda Toşkent şahar tez yordam stansiyasida bölib, u yerdagi Call-markaz hamda tez tibbiy yordam xodimlari iş jarayoni bilan tanişdi”, deyiladi ma’lumotda.

“103” xizmatiga çaqiriqlar soni ortgani va iş yuklamasi köpayib borayotgani sababli şu soatning özidayoq vazir topşiriği bilan qöşimça tarzda 40 ta zamonaviy jihozlangan tez tibbiy yordam maşinasi haydovçilari bilan birga xizmat tasarrufiga biriktirib berildi.

Bundan taşqari, Call-markaz iş samaradorligini oşiriş uçun 30 ta yangi operator örni yaratildi. Tez yordam brigadalarining tezkorligi va samaradorligini oşiriş maqsadida ular qöşimça 100 dona planşet bilan ham ta’minlanadi.

Şuningdek, brigadalar uçun bugun ertalabdan zarur miqdorda koronavirusga qarşi dori-darmonlar bölgan “Covid-box”lar ajratiladigan böldi.

Tez tibbiy yordam xodimlari bilan yarim tunda ötgan muloqotda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil şaklda keçayotgan bemorlar salomatligini nazorat qiliş, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat körsatiş maqsadida Toşkent şahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalar faoliyati yölga qöyildi. 

Bundan taşqari, koronavirus kasalligi böyiça murojaatlar bilan samarali işlaş maqsadida poytaxtdagi 12 ta köp tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yölga qöyildi, deyiladi xabarda.