Toshkent shahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi
Toshkent shahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi, ular har kuni 24 soat davomida ishlaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida kunlik ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshib borayotgan Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi yaqin bo‘lgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi. Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan.
Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ta’minlangan.
Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan "COVID-box"lar beriladi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
Koronavirus kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali olib borish maqsadida poytaxtdagi 12 ta ko‘p tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025