Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kuliboyev «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi rahbari lavozimini tark etdi. Bu haqda uning palata saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
«Bugundan boşlab men «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumining saylangan raisi lavozimini tark etişga qaror qildim», — dedi Kuliboyev.
Murojaatda u özining sakkiz yillik faoliyatini ham sarhisob qildi, xususan, şu vaqt içida «biznes va hukumat örtasida konstruktiv muloqot» yölga qöyilgani, «qulay işbilarmonlik muhiti» izçil şakllantirilganini ta’kidladi.
Kuliboyev sobiq davlat rahbarining örtança qizi Dinaraga uylangan. Avvalroq Nazarboyevning yana ikki kuyovi - «KazTransOyl» AJ boşqaruvi raisi, sobiq prezidentning kenja qizi Aliyaga uylangan Dimaş Dösanov va «QazaqGaz» Milliy kompaniyasi» AJ boşqaruvi raisi, Dariğa Nazarboyevaning ikkinçi eri deb atalgan Qayrat Şaripboyev öz lavozimidan ayrilgandi.
Ularning iste’foga çiqişi haqidagi xabar e’lon qilingan «Samruk-Kazina» davlat jamğarmasi saytida buning sabablariga aniqlik kiritilmagan. Relizda faqatgina bunday qarorlar kompaniyalar direktorlar kengaşlari tomonidan qabul qilingani aytilgan.
Nazarboyevning ikki kuyovi yuqori lavozimlaridan ozod qilindi
11 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev özidan oldingi prezident tufayli «mamlakatda hatto xalqaro standartlar böyiça ham juda daromadli kompaniyalar guruhi va boylar qatlami paydo bölgani»ni aytgandi. Uning qöşimça qilişiça, ular uçun Qozoğiston xalqiga «hurmat körsatiş» va yordam beriş vaqti keldi. Töqayev «Qozoğiston xalqiga» jamğarmasini taşkil etişni taklif qildi, unga ma’lum bir röyxatga kiritilgan kompaniyalar muntazam ravişda badallar kiritadi.
Yanvar oyi boşida Töqayev Nazarboyevni respublika Xavfsizlik kengaşi rahbari lavozimidan çetlatdi, Elboşi prezidentlikdan ketganidan keyin ham bu lavozimni egallab kelgandi. Töqayev norozilik namoyişlari fonida körilgan çoralar yetarli emasligini tuşuntirib, «iloji boriça qattiqqöl harakat qilişga» va’da berdi.
Keyinroq Nazarboyevning vakili sobiq prezident tartibsizliklarga tezkorlik bilan javob qaytariş uçun Xavfsizlik kengaşi rahbari lavozimini özi tark etişga qaror qilgani töğrisida xabar berdi.


















