Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 21 yanvar kuni Xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdagi sessiyasi ötkazilmoqda. Sessiyada viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Nuroboddagi eski noutbuk masalasiga munosabat bildirgan. Uning ma’lum qilişiça, tanlovni ötkazişga mas’uliyatsizlik qilgan Nurobod tumani hokimining yoşlar siyosatiga mas’ul örinbosari Navrözbek Jaloliddinov işdan böşatilgan.
«Mana şu masalani kötarib çiqqan jurnalist va blogerlarga rahmat. Bundan rahbarlar xulosa qilişi kerak. Tanqid qilgan odamni yomon köriş kerak emas, kötarilgan muammoni hal etiş lozim. Tanlovni ötkazişga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgani uçun tuman hokimining yoşlar siyosatiga mas’ul örinbosariga dastlab hayfsan berilgandi. Ammo keça vazifasidan ozod etdik. Bunday tadbirlarni soxta obro‘ orttiriş, kimlargadir yaxşi köriniş uçun ötkazmaslik kerak», — degan Erkinjon Turdimov.
Ma’lumot uçun, Sardor Sattorovga eski noutbuk berilişi ortidan Nurobod tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Navrözbek Jaloliddinovga avvalroq hayfsan intizomiy jazosi qöllangandi.
Bundan taşqari, Nurobod tumani XTB ta’lim jarayoniga AKTni joriy etiş şu’basi boş mutaxassisi Asliddin Dangalov va viloyat XTB pedagogik-psixologik taşxis faoliyatini taşkil etiş şu’basi mudiri Xurşid Ğoziyev bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingandi.












