Qayd etilişiça, Özbekiston öz tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi (IHK) byurosi faoliyatida iştirok etadi. Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar Özbekistonning Jyeneva şahridagi BMT bölinmasi va boşqa xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili Uluğbek Lapasovni 2022 yil uçun BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi raisi örinbosari lavozimiga bir ovozdan qöllab-quvvatlagan.

BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi byurosi tarkibi IHK raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan törtta örinbosaridan taşkil topgan. Özbekistonning doimiy vakili nomzodi körsatilgan Osiyo-Tinç okeani mintaqasi BMT IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.

“Özbekiston vakilining uşbu lavozimga saylanişi respublikamizda inson huquqlari sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanayotganining ifodasidir”, deyiladi TIV xabarida.

2020 yilda Özbekiston 2021-2023 yillar mobaynida BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining tölaqonli a’zosi etib saylangan va taşkilot doirasida faol iş olib bormoqda.

Joriy yil oktyabr oyida Özbekiston taşabbusi bilan kengaş tomonidan pandemiya davrida yoşlar huquqlari töğrisidagi birinçi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat BMT IHKning barça a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlandi va 60 ga yaqin davlat unga hammualliflik qildi.

BMT IHK tarkibiga 47 davlat kiradi hamda butun dunyo böylab inson huquqlarini ilgari suriş va himoya qilişga mas’ul tuzilma hisoblanadi. Kengaş vakolatiga inson huquqlari sohasidagi e’tiborga molik bölgan barça masalalar va vaziyatlarni muhokama qiliş kiradi.