Otabek Bakirov, iqtisodçi:

Soliq qonunçiligi va ma’murçiligidagi özgarişlar böyiça e’tirozlarning eng asosiy ildizi Soliq organlari va biznes hamjamiyati örtasida dialog yöqligining natijasi. Biz hozirça har ikki tomondan ham faqat monologlarni eşityapmiz.

Afsuski, muammolar, men ayniqsa, mulk soliğini nazarda tutyapman, parlament muhokamalari vaqtidayoq bartaraf etilişi kerak edi. Agar amaldagi parlament Özbekiston jamiyatini, uning biznes hamjamiyatini ham ifoda etganida.

Muammolar, hattoki viloyat va tuman kengaşlarida, mahalliy budjetlarni tasdiqlaş jarayonida ham yeçilsa bölardi. Mulk soliği böyiça kamaytiruvçi koeffitsiyentlar qöllanmaganidan köryapmizki, mahalliy kengaşlar ham tadbirkorlar manfaatlarini ifodalamas ekan.

Soliq ma’murçiligini raqamlaştiriş va biznesni soyadan çiqariş niyatlari ezgu, lekin amalda qöllanayotgan tadbirlar, agar biznesning ham yutuğiga xizmat qilişi ta’minlanmasa, teskari natijalar beradi. Buning hammasi oqibatda çöntagimizda aks etadi.

Ma’murçilik va qoidalardagi özgarişlar, toki bu özgarişlar töliq kuçga kirgunça va xatolar bartaraf etilmagunça, biznesni jazolaş vositasiga aylanmasligi kerak. Har bir özgariş könikiş va biznes yöriqlarini özgartirişga imkon beradigan kamida uç oylik ötiş davri qoidalarini inobatga olişi lozim.

 

Yuliy Yusupov, iqtisodçi:  

Sönggi 1,5-2 yil davomida soliq qömitasining vakolat va imkoniyatlari tadbirkorlik subektlarining huquq va erkinliklariga zarar yetkazadigan darajada oşgani kuzatilmoqda. Bu qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş orqali ham, qömita tomonidan uşbu vakolatlarni keskin tortib oliş orqali ham sodir böladi.

Qömita öz xatti-harakatlarini biznesni soyadan çiqariş, «qoçuvçilar»ni soliq tölaşga majburlaş, hamma uçun yagona tartib örnatiş zarurligi bilan oqlaydi. Maqsad töğri. Ammo bu unga erişiş uçun heç qanday vositani oqlamaydi. Va ba’zi vositalar nafaqat mumkin bölgan foydalarni yöqqa çiqaradi, balki oxir-oqibat maqsadga qarşi işlaydi.

Ikkita misol. Birinçisi, QQS tölovçi sifatida röyxatdan ötganlik töğrisidagi guvohnomani berişni rad etiş yoki tugatiş, bu soliqni tölaş bilan boğliq bölmagan ba’zi bir kiçik qoidabuzarliklar bilan boğliq bölişi mumkin. Huquqbuzarliklarni jazolaşning boşqa usullari ham bor, köproq tasodifiy xatolar uçun. Jazo sifatida QQS tölovçi sifatida röyxatdan ötganlik töğrisidagi guvohnomani qaytarib oliş yoki bermaslikdan foydalaniş öta muvaffaqiyatsiz va zararli usuldir.