Zarafşon şahrida karbid kalsiy va ferromarganets mahsuloti işlab çiqarayotgan «Carbide impex plyus» MÇJ şaklidagi qöşma korxonaning faoliyati ekologiyaga salbiy ta’siri sababli vaqtinça töxtatib qöyildi. Qöşma korxona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining talablarini bajarmagan.
Boşqarmaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, qöşma korxona faoliyatining atrof-muhitga ta’siri 2020 yilning dekabr oyida tekşirib körilgan. Qöşma korxonaga yaqin hududda havodan namunalar olinib, tahlildan ötkazilganida, atmosferaga zararli gaz taşlamalari çiqayotganligi ma’lum bölgan. Aniqlangan xato-kamçiliklar töğrisida dalolatnoma rasmiylaştirilib, unda bajarilişi şart bölgan talablar va ularning ijro muddatlari belgilab berilgan. Şundan söng korxona özining işlab çiqariş faoliyatini töxtatgan.
Ammo qöşma korxona belgilangan talablarni bajarmasdan, 2021 yilning oktabr-noyabr oyidan işlab çiqarişni qayta yölga qöygan. Bu esa hudud aholisining haqli e’tiroziga sabab bölgan.
2022 yil 14 yanvar kuni Zarafşon tumanlararo iqtisodiy sudida mazkur iş körib çiqildi hamda sud qarori bilan «Carbide impex plyus» MÇJ şaklidagi qöşma korxonaning faoliyatida aniqlangan holatlar bartaraf qilingunga qadar töxtatib qöyildi.
Zarafşon daryosidagi baliqlar zaharlanişi holati yuzasidan jinoiy iş qözğatildi

















