Özbekistonda sönggi beş yilda jazoni ijro etiş muassasalaridan birorta ham mahkum qoçmagan. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentiga tayanib, ÖzA xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hozirda Özbekistonda 54 ta jazoni ijro etiş koloniyasi mavjud bölsa, şundan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonalari hisoblanadi. Öşa 18 ta yopiq turdagi koloniyaga ruxsatsiz kiriş ham, çiqiş ham mumkin emas va ular qat’iy qöriqlanadi. «Ularni tom ma’nodagi qamoq deb ataş mumkin va bu muassasalardan heç kim qoçmagan», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, ayni paytda jazoni ijro etiş tizimida 29 mingdan ortiq, şundan 7 mingdan ortiği manzil koloniyada, 22 mingdan ortiq mahkumlar boşqa turdagi koloniyalarda jazo muddatini ötamoqda.

Jinoyat ijroiya kodeksiga köra, jazoni ijro etiş muassasalari jumlasiga jazoni ijro etiş koloniyalari, şu jumladan, davolaş huquqi asosidagi koloniyalar, tarbiya koloniyalari, turmalar, mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar kiradi.

Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan va xöjalik xizmatiga oid işlarni bajariş uçun qoldirilgan şaxslarga nisbatan jazoni ijro etiş muassasalari vazifasini bajaradi. Öz navbatida jazoni ijro etiş koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bölinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlaş uçun möljallangan.

Tarbiya koloniyalari esa voyaga yetmagan mahkumlarni saqlaş uçun möljallangan.