Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga mehmonxona bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi
“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarga 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha: yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi; foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymati 2 yil amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirib tashlanadi.
2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha 28 ta tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun: aylanmadan olinadigan soliq – 1 foiz; mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turar joy obektlari tegishli xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha noturar joy obekti toifasiga o‘tkazilganda 2024 yil 1 yanvargacha ularga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkasi saqlab qolinadi.
2022 yil 1 yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz etib o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
14:03 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi
19:03 / 18.01.2025