Afğonistonning bir qança viloyatlaridagi universitetlarda darslar 2 fevraldan tiklanadi. Bu haqda mamlakatda hokimiyatni egallab olgan «Tolibon» harakati tomonidan tayinlangan muvaqqat hukumatdagi Oliy ta’lim vazirligi rahbari Abdul Boqi Haqqoniy yakşanba kuni vazirlikning Facebook sahifasida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.
«Iqlimi issiq bölgan viloyatlardagi barça oliy ta’lim muassasalarida darslar dalva oyining 13-sanasidan (2 fevral) tiklanadi. Sovuq iqlimi bölgan viloyatlarda darslar xut oyining 7-sanasidan (26 fevral) boşlanadi», dedi «Tolibon» vakili. U qizlarning darslarga kiritilişiga aniqlik kiritmagan.
«Hammaga ötiş davri uçun uç hafta vaqt beriladi, şundan söng har bir universitetda imtihonlar ötkaziladi va şundan keyingina yangi semestr boşlanadi», — deya qöşimça qildi Haqqoniy.
Afğonistonda issiq iqlimi bölgan viloyatlar: Nangarhor, Qandahor, Nimroz, Ğilmond, Xost, Paktiya, Paktika va Lagmon.
Afğoniston universitetlari va maktablarida darslar ötgan yilning avgust oyi oxirida, «Tolibon» tomonidan mamlakatda hokimiyat egallab olinişi ortidan töxtatilgan edi. Kiçik maktablar 19 sentyabr kuni qayta oçildi, biroq faqat öğil bolalar va erkak öqituvçilarga öqişga ruxsat berildi.
Toliblar keyinroq maktab va oliy öquv yurtlarida sinflar hamda xonalarni böliş va öqituvçilarni taqsimlaş böyiça tayyorgarlik işlari yakunlanganidan keyingina qizlar öquv jarayoniga qabul qilinişiga aniqlik kiritdi.


















