Foto: Getty Images

Norvegiyaning Telemark okrugi sudi neonatsist Andres Breyvikni muddatidan avval ozodlikka çiqarişni rad etdi.

Sud qarorida aytilişiça, Breyvikda tuzaliş alomatlari közga taşlanmagan. 18 yanvar kuni bölib ötgan sud komissiyasi majlisida Breyvik avvalgi majlislardagi kabi qölini natsistlarça uzatib salomlaşgan.

Sudda Breyvik amalga oşirgan ommaviy qotilligi uçun radikalizm tarğibotçilarini aybladi.

«Miyamni zaharlaşganida mening aybim yöq. 22 iyulda (2011 yil) sodir bölgan voqealarda internetda odamlarning miyasini zaharlab, ularni radikallaştirayotganlar aybdor», - dedi u.

«Bularning barçasini ortda qoldirişga söz beraman. Ammo bu mening Norvegiya va Ğarbni natsionalistik-sotsial egallaş uçun kuraşmasligimni anglatmaydi», - deya Breyvikning sözlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi.

Sud Breyvikni ozodlikka çiqarişni xavfli deb topdi.

«Uning ruhiy holati özgarmagani sababli u 22 iyuldagi hujumga olib kelgan harakatlarini davom ettirişi xavfi mavjud», - deyiladi Telemark okrugi sudi bayonotida.

Anders Breyvik 2011 yil 22 iyulda Oslo markazida portlaş sodir etişi natijasida sakkiz kişi halok bölgan.

Söngra u yoşlar lageri joylaşgan Utoyya oroliga yöl olgan va u yerdagilarga qarata öt oçgan. Oqibatda 69 kişi, asosan ösmirlar halok bölgan.

Keyinçalik u «Al-Qoida» kabi terrorçilikni amalga oşirişni: videokamera qarşisida Norvegiya sobiq boş vaziri Harlem Bruntlandning boşini uzişni, bundan oldin esa uni tiz çöktirib, rahm qilişini sörab yolvorişga majburlaşni orzu qilganini aytgan.

Birvarakayiga 77 kişining öldirilişi Norvegiyada Ikkinçi jahon uruşidan buyon sodir etilgan eng qonli jinoyat bölgan. Breyvik hali-hamon özini bu harakati bilan oq tanlilarni multikulturalizm va migratsiyadan himoya qilgan şaxs deb hisoblaydi.

2012 yilda Breyvik 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyinroq u öz tarafdorlari bilan uçraşiş imkoniyatidan mosuvo qilişgani uçun huquqni himoya qiliş taşkilotlariga şikoyat yöllagan. Uning bu şikoyati qanoatlantirilmagan.