Dam olish kunlari anomal iliq havo keskin sovuq bilan almashadi - «O‘zgidromet»
Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Bugun kunduz kuni havo harorati 12-14 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 16-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 20-22 daraja issiqqacha ko‘tariladi, kechasi sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatining barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakat bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqqacha, shimolda 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan 4 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha, 5-6 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
-
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov
O‘zbekiston | 18:31
Mavzuga oid

14:41 / 04.07.2025
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

13:06 / 03.07.2025
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

12:16 / 01.07.2025