Partiya matbuot xizmati sönggi vaqtlarda sodir bölayotgan köngilsiz voqea-hodisalarni hisobga olib şunday qarorga kelinganini bayon qilgan.

“Bugungi yoş avlodning “tiktoker”lik vasvasasida olayotgan turli-tuman videolari orasida özgalar hayotiga daxl qiluvçi nomaqbul kadrlarning ham köpayayotgani mazkur masalaga jiddiyroq yondaşişimiz lozimligidan dalolat beradi”, – deyiladi partiya munosabatida.

“Adolatçi”lar bir neça kun avval Samarqandda köçada ketayotgan yoşi keksa odamning yuziga tepib ötib ketgan tiktokerning videosi şular jumlasiga kirişini aytadi.

“Biron bir sababsiz, şunçaki ijtimoiy tarmoq “yulduzi” böliş ilinjida qasddan qilingan uşbu tajovuzkorlik, köpçilikning noroziligiga sabab bölmoqda. Vaholanki, heç qanday omil yoşi uluğ insonlarga nisbatan qöpol munosabatda bölişga sabab böla olmaydi. Bunday holatlar millatimiz, ma’naviy-madaniy qaraşlarimizga tamomila zid tuşunçalardir”.

Bunday illatlarga qarşi birgalikda kuraşga çaqirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi faollari yoşlarni millatga yot bölgan har qanday ğoya va qaraşlardan himoyalaş tarafdori ekanligini yozgan.

“Bunday şarafli yölda kerak bölsa, jinoiy javobgarlik çoralarini kuçaytirişimiz, foydasidan köra ziyoni köp bölayotgan internet tarmoğidagi bunday mobil ilovalarni sodir bölayotgan köngilsiz voqea-hodisalarni hisobga olgan holda butunlay bloklaşimiz lozim.

“Şusiz ham taqiqlar mavjud-ku” deyişimiz mumkin. Biroq kör-körona maşhurlikka öç yoşlar ongini zaharlab, ijtimoiy tarmoqda şuhrat qozonişga “oltin köprik” vazifasini ötayotgan TikTok bilan tiktokerlarimiz VPN ilovasi orqali ulaniş imkoniyati borligi bu masalani ham örganib çiqiş zarurligini körsatadi”, – deyiladi partiya bayonotida.

Özbekiston mustaqilligini mustahkamlaş uçun demokratik jarayonlarni jadallaştirişni öz oldiga vazifa qilib qöygan partiyadan yangragan bu taklif jamoatçilik tomonidan salbiy qarşilandi.