Kun.uz’ga uşbu holatlar aks etgan videotasvir jönatildi. Tahririyatga taqdim qilingan videolarning ikkisida ham yoş bolalar jabrlanuvçi. 2021 yilning 15 dekabr kuni sodir bölgani aytilayotgan videoda oq rangli “Damas” piyodalar yölagiga kirgan bolani (maktab öquvçisi bölişi mumkin) urib yuborgan.

Ikkinçi holat 2022 yilning 1 fevral kuni sodir bölgani aytilmoqda. Uşbu vaziyatda ham avtomobillar tiğizligi sabab yöldan ötişga urinayotgan bolani köriş mumkin. Bir neça urinişda mustaqil özi eplolmagan bolakay yoşi katta odamga ergaşib, yölning narigi tomoniga ötib olmoqçi bölgan. Ammo yölning örtasiga yetgan bolani qizil “Jiguli” katta tezlikda kelib urgan.

Mergançaliklarning aytişiça, haftaning aksariyat kunlarida Urgut yangi bozori faoliyat olib boradi va ayniqsa, öşa kunlari bu yöl juda xavfli bölib qoladi. Nafaqat texnika, balki piyodalarning ham harakatlanişi oğirlaşadi.
Mahalla ahli uşbu holatlarda asosan yoş bolalar jabrlanavergaç, tuman mas’ullariga, IIBga xabar berganini aytmoqda. Ammo hozirça uşbu hududga svetofor yoki radar örnatiş taklifi inobatga olinmayapti.

















