Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda kemalar uchun yangi «qabriston» paydo bo‘ldi - fotolar
Amudaryoning quyi oqimida suv kamayishi sabab yana bitta kemalar qabristoni paydo bo‘lmoqda. Kun.uz muxbiri u yerdagi holatni ko‘rsatuvchi suratlarni taqdim etadi.

Kemalar qabristoni deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga Orol dengizining qurib qolishi, uning avvalgi sohillaridagi qumga botgan kemalar keladi.
Orol dengiziga Markaziy Osiyoning ikki katta daryosi – Amudaryo va Sirdaryodan suv kelardi. Bir necha o‘n yildan beri bu jarayon to‘xtagan. Hozir Amudaryoning o‘zi suvga muhtoj holatga kelib qolgan. Qirg‘oqlarda qalqib qolgan kemalar esa Qoraqalpog‘istondagi yangi kemalar qabristoni bo‘lishi mumkin.
Sababi Amudaryoda suv yildan yilga kamaymoqda. Bu yil esa daryoda suv har yilgidan kamaygan. Holat muttasil davom etaversa, daryo qirg‘og‘idagi hayvonot va o‘simlik dunyosiga katta zarar yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Qoraqalpog‘istonda, Amudaryo sohilidagi to‘qayzorda yong‘in chiqib, yong‘in 3 kun davom etgandi.
















Shuhrat Saidahmadov,
Kun.uz muxbiri
Og‘abek Sidabullayev olgan suratlar.
Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
13:01 / 03.02.2026