Adliya vaziri: “Hammasini oxiriga yetkazamiz”

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senat 23-yalpi majlisidagi hisobotida Toshkent viloyati hokimining qarori bilan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga 781 gektar yer auksion o‘tkazmasdan, noqonuniy tarzda ajratib berilganini ma’lum qildi.

Hammasi auksionga o‘tdi. Oddiy uy qurish uchun, qishloq xo‘jaligi uchun yer berish ham elektron auksionga o‘tdi.

Baribir to‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratishga harakatlar bo‘lyapti. Mana, Toshkent viloyati hokimligining qarori. Juda katta tushuntirildi, mumkinmas deyildi. Hammasi olib qo‘yildi qo‘lidan, registratsiya kitoblari ham olib qo‘yildi

 Mana, 7 oktyabrda 781 gektar yer maydoni bitta MChJga shundoq berib yuborilyapti. Har xil bahonalar, bittasida biriktirib qo‘yish deydi, vaqtincha foydalanish, berib turish deydi

Lekin biz birorta qonunchilik hujjatida (hokimliklar tomonidan) yer berishga asos qoldirmaganmiz. Hech qanday asos bo‘yicha berish mumkin emas. Taqdimnoma kiritdik, (qarorni) bekor qilmadi. Biz hozir shu qaror bo‘yicha sudlashyapmiz. Baribir hammasini oxiriga yetkazamiz”, – dedi adliya vaziri.

Vazirning so‘zlaridan anglash mumkinki, adliya vazirligi tashabbusi bilan ma’muriy sudga viloyat hokimining qarorini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ariza kiritilgan.

Viloyat hokimligi izohi

Shundan so‘ng, Toshkent viloyat hokimligi mazkur qaror bo‘yicha ma’lumot berib, qaror qabul qilinishida davlat va jamiyat manfaatlari ko‘zlanganini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, gap Toshkent viloyat xokimligi tomonidan 2021 yil 7 oktyabrdagi 164-10-0-Q/21-sonli qarori haqida ketmoqda hamda qarorga ko‘ra, MChJga Nurafshon shahri hududidagi jami 781 gektar yer maydoni shaharning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan qurilish ishlari boshlangunga qadar boshoqli don ekinlarini ekish uchun vaqtincha biriktirib berilgan.

Ushbu yer maydonlari vaqtincha biriktirilishidan maqsad Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi «2035 yil davrigacha Nurafshon shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 473-son qarori bilan Nurafshon shahrining 2035 yil davrigacha bo‘lgan bosh rejasi asosiy qoidalari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra