Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Afğoniston muvaqqat hukumati tan olinişi uçun xalqaro hamjamiyat tomonidan qöyilayotgan şartlarga doir özining köplab va’dalarini bajarişi şartligini eslatdi. Komilov bu haqda Latviya taşqi işlar vaziri bilan uçraşuvdan söng taşkil qilingan matbuot anjumanida aytib ötgan.

«Bugun Afğonistonda mutlaqo yangi voqelik şakllangani haqiqat. Albatta, uşbu davlat muvaqqat hukumatini tan oliş yoki tan olmaslik borasida turliça yondaşuvlar mavjud. Hukumatni tan oliş masalasi – ikki tomonlama harakatlar evazigagina amalga oşişi mumkin. Ya’ni oldinga siljiş kerak: muvaqqat hukumat öz va’dalarini bajarişi şart (va ular juda köp). Bular xalqaro hamjamiyat qöyayotgan deyarli öşa şart va talablardir.

Boşqa tomondan esa xalqaro hamjamiyat Afğonistonda amalga oşirilayotgan har qanday ijobiy qadam va özgarişlarni rağbatlantirişi kerak. Bu hukumat bilan işlaş, muloqot qiliş, ta’sir ötkaziş, xalqaro hamjamiyatning yondaşuvlari va şartlari haqida ma’lumot beriş kerak. Şu tariqa qaraşlarni yaqinlaştiriş, özgarişlarni yaxşi tomonga buriş mumkin.

Özbekiston eng oğir davrlarda ham Afğoniston vakillari bilan aloqalarni töxtatmadi. Bugun esa savdo-iqtisodiy hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Gap energetika va transport kommunikatsiyalari sohasida ham jiddiy loyihalarni amalga oşiriş haqida bormoqda», – dedi Abdulaziz Komilov.

Şuningdek, Özbekiston taşqi siyosat idorasi rahbari xalqaro hamjamiyat hamda Yevropa ittifoqining bugungi kundagi asosiy vazifasi – Afğonistonda gumanitar halokat va vaziyat keskinlaşuvining oldini oliş ekanini eslatdi.

«Özbekiston va Latviyaning Afğoniston masalasidagi umumiy manfaatlari xalqaro hamjamiyat manfaatlari bilan hamohangdir. Bu esa ayni paytda qançalik ğayritabiiy tuyilmasin, Afğoniston muvaqqat hukumati pozitsiyasiga ham mos keladi. Uşbu hukumat mamlakatni terrorçilardan tozalaş uçun köplab çoralarni amalga oşirmoqda. Ular mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga integratsiyalaşiş istagini bildirmoqdalar. Biz uşbu sa’y-harakatlarni rağbatlantirişimiz va qöllab-quvvatlaşimiz lozim. Şu bilan birga öz şartlarimizga amal qilinişi, zöravonlikka yöl qöymaslik, terrorizmning bartaraf etilişi, Afğoniston xalqi uçun munosib yaşaş şart-şaroitlari yaratilişini talab qilişimiz zarur», — dedi Abdulaziz Komilov.

Ma’lumot uçun, 8 fevral kuni taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan Latviya taşqi işlar vaziri Edgars Rinkeviçs bilan uçraşuv