“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali axborot xizmatining xabar berişiça, qoidabuzarlik holatlarining 5 tasi Qiziltepa, 6 tasi Karmana va 3 tasi Xatirçi tumanida sodir etilgan. Buning oqibatida 38 418 m³ gaz özboşimçalik bilan sarf qilingan hamda ta’minot korxonasiga 14 mln 598 ming söm moddiy zarar yetkazilgan. Hozirda qoidabuzarlarga nisbatan dalolatnoma rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim qiliş uçun tegişli tartibda hujjatlar tayyorlanmoqda.
Ta’kidlanişiça, viloyatda 106 923 ta hisoblagiç örnatib bölingan. “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialining jismoniy şaxslarga tabiiy gazni yetkazib berişni nazorat qiliş bölimi xodimlari tomonidan muntazam ravişda “veb billing” dasturi orqali viloyat aholisining kunlik iste’mol qiladigan tabiiy gaz hajmlari tahlili olib borilişi yölga qöyilgan.

















