Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida viloyat faollari yiğilişi bölib ötmoqda.

Yiğiliş tanqidiy ruhda boşlangan. Banklarda korrupsiya evaziga kredit beriş holatlari köpligi hamda qaytarilmayotgan kreditlar hajmi yuqoriligi ta’kidlangan. «Milliy bank», «Xalq banki» va «Asaka bank»dagi holatlar böyiça jinoiy iş oçilişi aytilgan.

«Biz islohotlar qilyapmiz. Odamlar hayotini yaxşilaş uçun qarorlar çiqarilyapti. Xalqimiz oldida, xalqaro hamjamiyat oldida oçiqlik, erkinlikni ta’minlaş uçun harakatdamiz. Odamlarni rozi qiliş haqida gapirib turganimda rahbarlarning özini öylab, nopok işlar qilişiga yöl qöymayman», deya prezidentning sözlarini keltiradi «Mikrofon kötargan ayol» kanali.

Şavkat Mirziyoyev Markaziy bankning Samarqand viloyati boş boşqarmasi boşliği Otabek Töxtayevni işdan oliş böyiça topşiriq bergan. Töxtayev bu lavozimda 2020 yilning aprelidan buyon işlab kelayotgandi.

Otabek Töxtayev

Şuningdek, viloyatning bir neça tuman hokimlari va sektor rahbarlari mansabni suiiste’mol qilgani, faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlangani uçun işdan olingan.