IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u yaşaş xonadoniga çiqiş uçun uy liftiga kirib, 7-qavat raqamini bosgan vaqtida uning ortidan noma’lum bölgan şaxs kirib kelib, yonida bölgan oşxona piçoği bilan qörqitgan.
Qayd etilişiça, bu şaxs ayolning qölida bölgan bahosi 3 500 000 söm miqdoridagi 2 dona tilla uzukni kuç işlatib yeçgan vaqtida lift 7-qavatga yetib kelib töxtagan. Şundan söng, jabrlanuvçi uşbu şaxsdan qoçiş maqsadida baland ovozda fuqarolarni yordamga çaqirişni boşlagani va noma’lum şaxs liftdan çiqib, hodisa sodir bölgan joydan yaşiringani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan noma’lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 49 yoşli A.A. sodir etgani aniqlanib, jabrlanuvçiga tegişli bölgan 2 dona tilla uzuk uning yonidan aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olinib, u protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

















