Bugun, soat 09:30 larda “Qamçiq” dovonining 252 km da “Toşkent-Vodiy” yönalişi böyiça harakatlanib ketayotgan “Epica” rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi xandaqqa tuşib ketgan.
FVV Axborot xizmati xabar berişiça, voqea joyiga “Qamçiq” MQYoQB qutqaruvçilari, YPX va “Qamçiqavtoyöl” IYFUK xodimlari yetib kelişgan.
Qutqaruvçilar maxsus texnik asbob-anjomlar yordamida avtomobilni xandaqdan çiqarib olişgan.
Hodisa oqibatida xeç kim jabrlanmagan.
















