Shavkat Mirziyoyev 16 fevral kuni chorvachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, sohada ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash uchun chorva va parrandalar tarqatish tajribasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda kooperatsiya orqali chorvani ko‘paytirish vazifasi qo‘yilgan va namunali tajribalar ko‘rsatib o‘tilgan:
- hokim yordamchisi va fermer xo‘jaligi hamkorligida aholiga qoramol hamda qo‘y va echki tarqatilgan, yetishtirilgan sut va go‘shtni sotib olish yo‘lga qo‘yilgan Mirishkor tajribasi;
- tomorqa xizmati korxonasi aholiga 2-3 tadan naslli qoramol tarqatgan, veterinariya xizmatlarini bepul ko‘rsatayotgan, gidroponika usulida ozuqa yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Chust hamda yer resurslari cheklangan sharoitda xonadonlarda 20 tagacha zotli qoramol boqilayotgan Baliqchi tajribasi.
Bu tajribalarni kengaytirish uchun xorijiy kreditlar 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi, 14 foizdan oshadigan qismiga kompensatsiya va kreditning 50 foiziga kafillik, gidroponikada ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi qoplab beriladi.
Parrandachilik korxonasi aholiga 50—100 bosh xonaki parranda va inkubator tarqatgan, mingtadan tuxum sotib olish va parranda ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan Taxiatosh tajribasi alohida qayd etilgan.
Ushbu tajribalardan kelib chiqib mutasaddilarga quyidagi topshiriqlar berilgan:
- 15 martga qadar har bir tumanda kamida 5 tadan mahallada Mirishkor tajribasini yo‘lga qo‘yish;
- 1 mayga qadar tomorqa xizmati korxonalari orqali Chust va Baliqchi tajribalarini barcha tumanlarda joriy etish va buning uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard so‘m ajratish;

















