Toshkent viloyatida o‘g‘rilar bankomatni o‘g‘irlashdi, uning ichidan pul chiqmagach, daryoga oqizib yuborishdi
Bankomat 25 yanvardan 26 yanvarga o‘tar kechasi o‘g‘irlab ketilgan. Jinoyatchilar ichidan pul chiqmagan bankomatni Chirchiq daryosiga tashlab yuborishgan.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida bankomatni o‘g‘irlab, daryoga tashlab yuborgan guruh qo‘lga olindi. IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, “Kapitalbank”ga tegishli bo‘lgan, O‘rta Chirchiq tumani Toshkent yo‘li ko‘chasiga o‘rnatilgan, bahosi 145 mln so‘mlik bankomat 2022 yilning 25 yanvaridan 26 yanvariga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida bankomatni O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 22 yoshli S.N. va 23 yoshli Yu.D. hamda 24 yoshli E.A. bir guruh bo‘lib o‘g‘irlagani aniqlangan.
Tergov davomida qonunbuzarlar bankomatni temir jism yordamida buzib ochishgani, biroq uning ichida pul bo‘lmaganligi sababli bankomatni Bektemir tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosiga tashlab yuborishganini aytib berishgan.
Tergov departamentning axborot xizmati ayni paytda ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilayotgani haqida xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
13:02 / 05.12.2024
O‘rta Chirchiq tumanidagi korxonada portlash: 1 kishi vafot etdi, 6 kishi shifoxonaga yotqizildi
17:00 / 19.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: tadbirkor ayollarning muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 05.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 24.10.2024