Kun.uz manbasiga köra, Zarafşon şahar hokimining topşiriği bilan hududdagi maktabgaça ta’lim taşkilotlari xodimlari majburiy tarzda köp qavatli uylarning pod’yezdlarini tozalaşga jalb etilmoqda. Şahar maktabgaça ta’lim bölimi boşliği Mavluda Tursunova Telegram guruhda boğçalar rahbarlariga hokim şunday topşiriq berganini ma’lum qilgan.

“Hurmatli direktorlar. Meni hozir hokim çaqirdi, pod’yezd masalasida qattiq gap eşitdim. Hozirdan nazoratga oling, ertaga har bir MTT 20 tadan rasm taşlaşi şart. Bugun 17-sonli MTT bu masalada qattiq tanqidga olindi. Har kuni özingiz boşçiligida uşbu masalani uyuşqoqlik bilan taşkil eting. Ertaga (hokim) 11-kiçik tumandagi 20- yoki 9-sonli MTTga borişi mumkin. Rahbarga birinçi savol pod’yezdni yuvdingizmi, deb beriladi. Barça MTTlarga navbat bilan borildi”, – deya ta’kidlagan Mavluda Tursunova öz topşiriğida.

Şuningdek, topşiriq davomida şahardagi 17-sonli MTT şunça gapdan keyin bor-yöği 5 ta rasm taşlagani uçun tanqidga olingani (hokim tomonidan) aytiladi.

Holat yuzasidan hozirça şahar hokimligi ham, Navoiy viloyati maktabgaça ta’lim boşqarmasi ham rasmiy munosabat bildirmadi.
Zarafşon şahar hokimligi mansabdorlari tergovda. Zarar million dollardan ortiqqa baholanmoqda
Navbatdagi «Andijonça tajriba»: Marhamatda öqituvçilar ota-onalar qarşisida uzr söraşd

















