Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 21 fevral kuni G‘uzor tumanida yashovchi M.Sh. fuqarolardan biriga maishiy xizmat ko‘rsatishga ajratilgan joydan yer olib berish uchun pul olayotganda ushlangan.

U Chiroqchi tumani hokimligidagi tanishi orqali 3 sotix yer olib berish evaziga Qarshi shahridagi choyxonalardan birida fuqaro E.O.dan 7 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Qashqadaryoda faoliyat yurituvchi taniqli YouTube blogerlardan biri.