21 fevral kuni imzolangan prezident qarori bilan, Özbekistonga avtomobillar import qilişda bojxona bojlari ikki bosqiçda pasaytirilmoqda.
Qaror imzolangan paytdan e’tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tuşiriladi, şuningdek avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uçun belgilangan qöşimça koeffitsiyentlar ham örtaça ikki barobar va undan köproqqa kamaytiriladi.
Şuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boşlab, avtomobil dvigateli quvvatiga boğlangan qöşimça koeffitsiyentlar yana bir bor pasaytiriladi, 15 foizlik asosiy boj stavkasi esa özgarişsiz qoladi.
Xöş, yangi tartib böyiça Özbekistonga import qilinayotgan inomarkalar narxi qançaga arzonlaşadi? Buni quyida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlar misolida taqqoslab çiqişingiz mumkin:



Yuqoridagi minimal hisob-kitoblar AQŞ dollarining Özbekiston Markaziy banki 22 fevral kuni belgilagan rasmiy kursda (10 869,8 sömdan) amalga oşirilgan.
Yangi tartib işlab çiqarilgan sanasidan Özbekiston bojxona çegarasini kesib ötgan kungaça 1 yildan ortiq vaqt ötmagan avtotransport vositalarigagina taalluqli.
Işlab çiqarilganiga 1 yildan 3 yilgaça bölgan avtomobillar importi uçun avvalgidek 30 foizlik bojxona boji va qöşimça koeffitsiyentlar hisoblanadi. Işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan avtomobillar uçun ham 40 foizlik boj va qöşimça koeffitsiyentlar saqlanib qoladi.
Özbekistonga xorijdan avtomobil import qilişda tölanadigan tölovlar bir qança omillarga boğliq: avtomobilning yangi yoki eskiligi (işlab çiqarilgan yili ham inobatga olinadi), xarid narxi, avtomobil işlab çiqarilgan hamda import qilinayotgan mamlakat, dvigatel turi va hajmi.
Töğridan töğri bojxona tölovlari va yiğimlaridan taşqari, import qiluvçi şaxs 15 foiz QQS, şuningdek, utilizatsiya uçun tölov ham tölaydi.
Bojxona çegarasidagi avtomobil narxi oldi-sotdi şartnomasida körsatilgan yoki xalqaro narxlar katalogi böyiça belgilangan qiymatlarda hisoblanadi.

















