«Toşkent metropoliteni» DUK metrodan foydalanuvçi yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş, eşikka tuşayotgan yuklamalarni oşirmaslik, yölovçilarga noqulayliklar tuğdirmaslik maqsadida, poyezd vagonlarining eşiklariga suyanmaslikni, eşiklar oçilişi va yopilişiga xalaqit bermaslikni söragan.

Bundan taşqari, eskalatordan foydalaniş vaqtida mavjud qoidalarga amal qiliş va töğri foydalaniş lozimligi eslatib ötilgan.

“Metropolitenda tartib-qoidaga amal qilmaslik hamda notöğri harakatlaniş vagon eşiklari va eskalatorlarda nosozliklarning kelib çiqişi, muddatidan oldin yaroqsiz holga kelib, harakat vaqtida turli holatlar yuz berişiga sabab bölmoqda.

Metrodan töğri foydalaniş siz va boşqa yölovçilarning öz manziliga xavfsiz, qulay tarzda, öz vaqtida yetib borişiga zamin yaratadi. Barça yölovçilarni ogohlik va ehtiyotkorlikka çaqiramiz”, deyiladi eslatmada.