O‘zbekiston | 12:29 / 02.03.2022
8250
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda “Toza hudud” DUK haydovchisi 164 mln so‘mlik dori vositalari bilan qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti

“Toza hudud” DUK Yangiqo‘rg‘on filiali haydovchisi DUKga qarashli “Isuzu” rusumli avtotransport vositasida dori vositalarini Namangan shahriga olib ketayotgan vaqtda ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning qayd etishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqarolar I.M., M.X. va boshqalar dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, “Toza hudud” DUK Yangiqo‘rg‘on filiali haydovchisi R.A.ni haq evaziga yollashib, xorijda ishlab chiqarilgan 89 600 dona 194 mln so‘mlik “Ampitsillin” nomli dori vositasini DUKga qarashli “Isuzu” rusumli avtotransport vositasida Namangan shahriga olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid