Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qayerda tibbiyot qoloq bo‘lsa, o‘sha yerda farmakologik biznes rivojlanadi” - Tibbiyot akademiyasi professori
O‘zbekistonda tibbiyot sohasi bosh mutaxassislari “sotib olinishi”, lobbizm paydo bo‘lgani, Sog‘liqni saqlash vazirligi haligacha retsept tizimini joriy qilolmagani tanqid ostiga olindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Zarifboy Ibodullayev “Mahalla” telekanalining “Minbar” dasturida O‘zbekistonda amaliy tibbiyot ham, ilmiy tibbiyot ham xarob ahvoldaligi, lobbizm paydo bo‘lgani masalasiga to‘xtalgan.
Shuningdek, professor O‘zbekistonda farmakologik biznes gurkirab rivojlangani, bosh mutaxassislar sotib olinishini aytgan.
“Konferensiyalarni bizda farmkompaniyalar o‘tkazadi. Siz fan doktori, kafedra mudiri bo‘lsangiz, Sog‘liqni saqlash vazirligida bosh mutaxassis bo‘lasiz-da, sizga ma’lum miqdorda pul berishadi. Uni hech kim ko‘rmaydi. Keyin sizni chet ellarga konferensiyalarga yuboradi. Va har yili, masalan, 1,5 mingta nevropotolog bo‘lsa, ular yig‘iladi va o‘sha kafedra mudiri yoki bosh mutaxassis kasallik uchun dori nomini o‘qiydi. Va uni nevropotolog miyasiga singdiraveradi”, — degan Zarifboy Ibodullayev.
Professorning aytishicha, bosh mutaxassisdan pastroq lavozimdagi dotsent yoki professorlar o‘sha farmkompaniyalar bilan yaxshi aloqa o‘rnatadi va viloyatlarga chiqib, leksiya o‘qib, dorilarni reklama qilib yuradi.
“Doktorlarni, talabalarni savodsiz holatga tushirgan asosiy omil bu –davlatning o‘zi. Vrachlar oyligini aytilgan summagacha ko‘tarmasa, kafedralarni Yevropadagidek tibbiy ta’limni yaxshilab, ko‘rsatib berolmasa, foydasi yo‘q”, — degan u.
Teledastur davomida dorilarni retsept asosida berish amaliyoti joriy qilinmayotgani haqida ham so‘z borgan.
Xalq tabobati akademiyasi akademigi Alijon Faqirovning aytishicha, oldin Oloy bozorida qo‘lda sotiladigan dori joylari bo‘lib, o‘sha dorilarning 90 foizi qalbaki bo‘lgan. Shularga chek qo‘yish uchun 2012 yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi retsept sistemasini joriy qilgan. Va 1 yilga qolmay tizim bekor bo‘lgan.
“2018 yilda yana dori-darmon vositalarini retsept sistemasi bo‘yicha olishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldik va bu ham yana to‘xtadi. Buning orqasida qandaydir katta kuchlar turibdimi, vazirlik ham buni eplolmadi, deb o‘ylayman. Bugungi kungacha bu jarayon palapartish holatda turibdi”, — degan akademik.
Ma’lumot uchun, Zarifboy Ibodullayev oldinroq o‘zbek olimlari va ilmiy jamoatchilikka murojaat bilan chiqib, olimlar orasida maqolalar yozishda son ketidan quvish, plagiat avj olgani va sohaga oid bir qancha muammolar haqida yozgandi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026