Prezident Şavkat Mirziyoyev va boş vazir Imron Xon Özbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi örtasida strategik şeriklikni rivojlantiriş böyiça kelgusi qadamlar töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi.

Şuningdek, hukumatlar va idoralar örtasida imtiyozli savdo töğrisida, atrof-muhitni asraş, ziyorat turizmi, temiryöl sohalaridagi hamkorlik töğrisida kelişuvlar, Surxondaryo viloyati bilan Xayber-Paxtunxva provinsiyasi, Toşkent şahri bilan Islomobod şahri örtasida şartnomalar kabi 10 ga yaqin hujjat imzolandi.  

Bundan taşqari, taşrif arafasida ötgan biznes forumda 800 million dollarlik qöşma savdo va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişilgan.