Farğona viloyati Rişton tumanida oilaviy kelişmovçilik sabab ikki qizi bilan uydan çiqib ketgan ona qidirilmoqda. Kiçik qizning jonsiz tanasi Katta Farğona kanalidan topilgan. Bu haqda Farğona viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 21 fevral kuni Rişton tumani “Zohidon” MFY Qörğonça köçasida istiqomat qiluvçi N.G. ismli ayol va uning ikki nafar qizi yaşaş xonadonidan çiqib ketib qaytib kelmagan.
Şu kuni oilaning kiçik qizi X.Ş.ning jonsiz tanasi Bağdod tumani “Irğoli” MFY hududidan oqib ötuvçi Katta Farğona kanalidan topilgan.

Katta Farğona kanalida qidiruv işlari 22 fevral kunidan buyon davom etmoqda. Unda Farğona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvçi mintaqaviy qutqaruv otryadi ğavvos-qutqaruvçilari ham iştirok etmoqda.

Ma’lumotlarga köra, qidirilayotgan ona va bolaning Katta Farğona kanaliga özini taşlab yuborganiga heç kim guvoh bölmagan. Oiladagi kiçik qizning jonsiz tanasi kanaldan topilişi ortidan ona va tönğiç qiz ham suvga çökkanlikda gumon qilinib, qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 22 yoşli ayol turmuş örtoği bilan janjallaşib qolib, jahl ustida yaşaş xonadoniga yaqin bölgan Katta Farğona kanaliga özini taşlab yuborganligi, uning jasadi uç kundan söng topilgani haqida xabar berilgan edi.













