Reyd jarayoni aks etgan videolavhada Damas rusumli avtomobilning davlat raqamiga tibbiy niqob taqib qöyilgani körinadi. Inspektor haydovçidan maşinaning raqamini nima uçun niqob bilan berkitib qöyganini söraganida u bu işni dösti hazillaşib qilganini aytib, javobgarlikni zimmasidan soqit qilişga urinadi.

Biroq bu bahona unga yordam bermaydi. Qoidabuzarliklarni qayd etuvçi kameralarga çap beriş maqsadida öylab topgan “innovatsion ğoyasi” haydovçiga qimmatga tuşdi.

Qayd etilişiça, maxsus reyd davomida davlat raqam belgisini yeçib olib, avtomobil yukxonasiga solib qöygan haydovçi ham uçragan.

“Çirçiq şahrining Amir Temur köçasida xizmat olib borayotgan vaqtimda davlat raqam belgisi bölmagani uçun oq rangdagi Gentra avtomaşinasini töxtatib tekşirdim. Davlat raqam belgisini özboşimçalik bilan yeçib olgani uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 125-moddasida belgilangan tartibda haydovçiga çora körildi. Maşina vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirildi”, - deydi YPX inspektori Şuhrat Hayitaliyev.

Avvalroq, Toşkentda Matiz haydovçisi inspektorning töxtaş işorasiga böysunmay qoçib ketişga uringan, maşina majburiy tartibda töxtatilganda u rafiqasini şifoxonaga olib ketayotganini aytib bahona qilgandi.