Prezidentning “Özbekiston fuqarolariga xorijga çiqiş biometrik pasportini berişga doir davlat xizmati körsatiş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş xizmatini Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiş tartibini belgilaydi.

Özbekiston fuqarolarining xorijga çiqiş tartibi töğrisidagi nizom tegişli qismlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş tartibini nazarda tutuvçi yangi tahrirdagi bob bilan töldirilmoqda.

Xorijda doimiy istiqomat qiluvçi Özbekiston fuqarolariga tegişli xizmatlar konsullik muassasalari yoki Taşqi işlar vazirligi Konsullik departamenti tomonidan körsatilişi inobatga olinib, loyihadan Taşqi işlar vazirligi tuzilmalari tomonidan davlat xizmati körsatişga oid normalar çiqarib taşlanmoqda.

Loyihada quyidagi muhim jihatlar ifodalangan:

  • birinçidan, qoğoz körinişidagi ariza-anketani töldiriş amaliyotidan töliq voz keçilib, faqatgina elektron sörovnoma töldiriş mexanizmi joriy etilmoqda. Bu bilan migratsiya bölinmalari qoşida faoliyat yuritadigan turli pulli xizmat byurolari noqonuniy faoliyati oldi olinadi;
  • ikkinçidan, ayrim murakkab hollarda xizmat oluvçilar tomonidan taqdim etilişi lozim bölgan qator ma’lumotnoma va spravkalar qisqartirilmoqda. Xususan, harbiy xizmatga majburlar uçun – harbiy guvohnoma yoki çaqiruv uçastkasida qayd etilgani haqidagi guvohnoma nusxasi bekor qilinib, xizmat körsatuvçi tomonidan mudofaa organlari tomonidan mustaqil tekşiriladi. Şuningdek, voyaga yetmagan şaxslar uçun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ularning notarial tasdiqlangan roziligi talab etilmaydi. Bundan taşqari, hamrohlik qiluvçilar ota-ona yoki vasiy-xomiylar bölgan taqdirda, ulardan hamrohlik qiluvçining notarial tasdiqlangan majburiyatnomasini oliş tartibi bekor qilinmoqda;
  • uçinçidan, xizmatlar respublika böylab töliq eksterritorial tamoyil asosida amalga oşiriladi;
  • törtinçidan, fuqaro xorijga çiqiş biometrik pasportini yaroqsiz holga keltirgan yoki yöqotib qöygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi joriy etilmoqda. Bunda, yangi xorijga çiqiş biometrik pasporti belgilangan davlat boji summasi bir yarim baravarini undirgan holda rasmiylaştirib beriladi;