“Bugun internet orqali Nurafşon şahrida IIB xodimlari bilan ötkazilgan kasbiy tayyorgarlik böyiça sinovlar jarayonining bir qismi yaşin tezligida tarqaldi.
Videoda şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği va IIB boşliğining birinçi örinbosari sinov jarayonida AK-74 öqotar qurolini yiğişda xatoga yöl qöyganligi körinadi.
Afsuski, videoda faqatgina uşbu vazifani bajara olmaganlar namoyiş etilgan. Real jarayonda esa, qurolni töliq va notöliq qismlarga ajratiş, yiğiş, öq otiş vazifalarini maksimal va a’lo darajada bajargan xodimlar nisbati 90 foizni taşkil qilgan”, - deyiladi Toşkent viloyati IIBB matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda.
Biroq rasmiy munosabatda video qanday qilib tarqab ketganiga aniqlik kiritilmagan. Jurnalist va blogerlarni noxolis va tekşirilmagan, içki işlar organi xodimlarini obrösizlantiradigan ma’lumot tarqatiş oqibatlaridan ogohlantirişni xuş köradigan IIV matbuot kotibi negadir bu safar video tarqalişiga sabab bölganlarga “aql örgatiş”dan tiyiladi.
Bayonotda Toşkent viloyati IIBB Kasbiy tayyorgarlik bölimi tomonidan 100 foiz şaxsiy tarkib örtasida xodimlarning kasbiy bilim mahorati (test), jismoniy va jangovar tayyorgarligi hamda quroldan foydalaniş (qismlarga ajratiş yiğiş va öq otiş) böyiça maxsus sinovlar ötkazilgani ta’kidlanadi. Qayd etilişiça, uşbu sinovlarni muvaffaqiyatli bajargan xodimlarning körsatkiçi 95 foizni taşkil etadi.
“Ayrim yönalişlar böyiça öta olmagan 5 foiz xodimlarning 3 foizi qayta topşiriş natijalariga köra vazifalarni bajargan. Köp sonli şaxsiy tarkibning 2 foizi esa vazifalarni qayta özlaştiriş maqsadida maxsus malaka oşiriş markaziga yuborilişi belgilangan”, - deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda içki işlar xodimlarining jangovar şayligi tekşirilayotgani, internetda tarqalgan videolarda bir neça xodim qismlarga ajratilgan öqotar qurolni yiğa olmagani aks etgan video tarqalgandi. Toşkent viloyati IIBB boşliğining matbuot kotibi Bobur Tölaganov Kun.uz'ga sinovdan ötolmaganlar vazifasidan çetlaştirilmasligi, biroq malaka oşirişga yuborilişini ta’kidlagandi.

















