Jizzax viloyati prokuraturasining xabar berişiça, viloyat prokuraturasida mahkama xodimlari, viloyat IIB boşliği, Boş prokuratura huzuridagi MIB va IJQK departamentining viloyat boşqarmalari boşliqlari, Jizzax harbiy prokurori, viloyat bojxona boşqarmasi boşliqlari iştirokida kuzatuv va taniştiruv marosimi bölib ötgan.

Tadbirda ma’lum qilinişiça, Boş prokurorning tegişli buyruqlariga asosan:
— Adliya katta maslahatçisi Bozorov Sarvar Töxtamurodoviç Samarqand viloyati prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgaça, S.Bozorov Jizzax viloyati prokurorining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
— Adliya maslahatçisi Şamsiyev Alişer Azamatoviç Jizzax viloyati prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgaça, A.Şamsiyev Jizzax şahar prokurori lavozimida işlagan.
— Adliya kiçik maslahatçisi Mamatov Muzaffar Mamatoviç Jizzax şahar prokurori lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgaça, Toşkent viloyati Olmaliq şahar prokurori lavozimida işlagan.
Avvalroq Samarqand viloyati prokurorining örinbosarlaridan biri Sirojiddin Usmonov Samarqand tumani hokimi, Samarqand şahar hokimi Boburmirzo Obloqulov esa Samarqand şahar prokurori etib tayinlangandi.













