Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 14 mart kuni Samarqand tumani hokimligida ötkazilgan xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Usmonov Sirojiddin Xayrullayeviç nomzodi Samarqand tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Sirojiddin Xayrullayeviç Usmonov 1979 yilda Samarqand şahrida tuğilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uçun, 2019 yil 30 iyuldan buyon Samarqand tumaniga rahbarlik qilib kelgan Nosir Mavlonov 2022 yil fevralida prezident iştirokidagi yiğilişda işdan olingandi.
Şuningdek, bugun xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan Nurobod tumaniga ham hokim tasdiqlangan.
Avvalroq Samarqand viloyatining Payariq, Oqdaryo va Bulunğur tumanlarida ham yangi hokimlar iş boşlagandi.













