Rossiya Mudofaa vazirligi 20 mart kuni Kaspiy havzasidagi kemadan turib Ukrainaning Nikolayev viloyatiga qarata «Kalibr» qanotli raketasi uçirilganini e’lon qildi. Xuddi şu kuni Qora dengizdan turib Ukrainaning Nejin şahriga ham «Kalibr» uçirilgan. Rossiya Mudofaa vazirligiga köra, bu raketa zarbalari bilan harbiy texnikalar tuzatiladigan zavod va yonilği bazasi yöq qilingan. «Kalibr» qanotli raketasi haqida nimalar ma’lum?
«Kalibr» nomi ostida bir neça turdagi raketalar birlaşadi. Bunday turdagi qanotli raketalar ustida 1983 yildan buyon işlab kelişgan. Hozirgaça «Kalibr» bir neça marta mukammallaştirilgan. 2019 yil AQŞ Rossiya bilan imzolangan yaqin va örta masofadagi raketalardan birgalikda voz keçiş kelişuvidan çiqib ketgaç, Rossiya «Kalibr»ni mukammallaştirişini ma’lum qilgan.
«Kalibr» raketalari hozirgaça faqat bir marta real harbiy harakatlarda işlatilgan. 2015 yildan 2017 yilgaça Rossiya Kaspiy dengizidan turib Suriyaga 99 ta «Kalibr» raketasi uçirgan. Raketalar Kaspiydagi kemalar va suvosti kemalaridan uçirilgan. Ilk marta 2015 yil 7 oktyabr tunda Suriyaga qarata 26 ta «Kalibr» uçirilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi raketa Iroq va Erondagi odamlar kam yaşovçi joylar va tekisliklar ustidan 50 metr balandlikda uçib ötganini ma’lum qilgan. Rossiya tomoni raketalar orqali terrorçilar obektlariga diametri 3 metr bölgan aniqlikda zarba berilganini ma’lum qilgan.
Dastlab dengizda foydalaniş uçun işlab çiqarilgan «Kalibr» suvda 375 km uzoqlikdagi nişonni aniq uradi. Dengizdan quruqlikka qarab uçirilganda esa 2600 km uzoqlikdagi nişonni aniq ura olişi aytiladi. Rossiya harbiylari 2015 yil Suriyaga uçirilgan raketa parvoz davomida 147 ta manyovrni amalga oşirganini aytgandi. Şu tariqa, «Kalibr» radarlardan va nişondan qoça oladi. Keng foydalanilgan turining uzunligi 7,2 metr ekani aytiladi. Oğirligi 1,3 tonnadan, 2,1 tonnagaça.
Hozirgaça Qora dengizdan turib «Kalibr» raketasini real amaliyotda qöllaş holati kuzatilmagandi. Oldinroq Rossiya Ukrainaga qarata «Kinjal» raketasi otilganini ma’lum qilgandi. Aeroballistik raketa hisoblanmiş «Kinjal» ilk marta harbiy amaliyotda işlatildi.
Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy amaliyoti 24 fevraldan buyon davom etmoqda.


















