«Harbiy operatsiya davomida Rossiya Havo kuçlari tomonidan ilk marta «Kinjal» gipertovuşli aeroballistik raketasi qöllanildi. Uning yordamida Ivano-Frankovsk viloyatidagi yerosti öqdori ombori yöq qilindi», deyildi Rossiya Mudofaa vazirligi 19 mart tongida ötkazgan brifingda.

«Kinjal» qiruvçi samolyotdan turib taşlanadigan aeroballistik raketa hisoblanadi. Uni «Iskander» raketa kompleksining samolyotdan taşlanadigan ixçam körinişi ham deyişadi. Bu raketani töxtata oladigan havo hujumidan himoya vositasi borligi ma’lum emas. «Kinjal» belgilangan obektlar, harbiy kemalar va aviataşuvçilarni yöq qilişga möljallangan.

«MiG-31K» samolyoti «Kinjal» raketasining 1 tasini, «Tu-22M3M» samolyoti 4 tasini, TU-160 samolyoti 8 tasini olib uça oladi.

Foto: TASS

2017 yil röyxatga olingan «Kinjal» aeroballistik raketasi hozirgaça faqat sinov maşğulotlarida işlatilgan. Xususan, Arktika va Suriyada ham sinovdan ötkazilgan. Oxirgi sinov Rossiya harbiy operatsiyani boşlaşidan 5 kun avval ­–­ 19 fevral kuni Putinning guvohligida ötkazilgandi.

Dunyoda gipertovuşli raketaga egaligi haqida faqat Rossiya rasman e’lon qilgan. AQŞ 2022 yil bunday turdagi raketani işlab çiqarişni mudofaa kompleksining asosiy vazifalaridan biri deb belgilagan. Xitoy ham tovuşdan tez uçuvçi bunday raketalarning muvaffaqiyatli sinovini ötkazgani aytiladi, ammo bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.