Hujjatga köra, ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat, san’at va sport sohalarida yutuqlarga erişgan (tanilgan) hamda bugungi kunda nafaqada bölgan ziyoli mehnat faxriylarining röyxatlari «mahallabay» şakllantiriladi.
Qayd etilişiça, ularni hududlardagi ta’lim muassasalariga hamda «Bir nuroniy ön yoşga mas’ul» tamoyili asosida yoşlarga biriktiriş orqali ijtimoiy faoliyatga keng jalb etiş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, nuroniylar jamoatçilik kengaşlari va «Keksalar maslahati» guruhlari a’zolari uçun öquv maşğulotlari taşkil qilinadi.
Hududiy nuroniylar jamoatçilik kengaşlari tomonidan keksalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga oid çora-tadbirlar ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş mexanizmini işlab çiqiş közda tutilgan.
Fuqarolar yiğinlarida keksalarga kömak beruvçi «Nuroniylar e’zozimizda» köngilli patronaj yoşlar guruhlari şakllantiriladi hamda ularning a’zolarini rağbatlantiriş mexanizmlari işlab çiqiladi.
















