Afğonistonda ayollar va erkaklar xiyobonlarga bir vaqtda borişi taqiqlandi. Mamlakat hukumatini qölga olgan «Tolibon» harakati şunday tartib joriy qilgan.

Aamaj News xabariga köra, ayollar xiyobonlar va köngiloçar joylarga yakşanba, duşanba va seşanba kunlari borişi mumkin. Çorşanba, payşanba, juma va şanba kunlari xiyobonlarga boriş navbati erkaklarga beriladi. Xiyobonlarga borgan ayollarga töğri kiyiniş va begonalar bilan gaplaşişdan tiyiliş buyurilgan.

Erkaklarga esa xiyobonlarga borganda harbiy kiyimda bölmaslik, qurol olib bormaslik tavsiya qilingan. Belgilangan tartibni saqlaş xiyobon ma’muriyatiga yuklanadi. Talablar bajarilmagan holatda ma’muriyat javobgarlikka tortiladi.