Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Çiroqçi tumanidagi Kökdala 2-hududiy şifoxonasi Kökdala oilaviy poliklinikasi hamşirasi U.M.R. hamda Çiroqçi tuman markaziy poliklinikasi Annaröz şifoxonasida feldşer bölib işlovçi M.S.X. özaro til biriktirgan.

Söng 2021 yilning 11 noyabr kuni özlariga işonib topşirilgan, budjet mablağlariga asosan olib kelingan COVID-19 virusiga qarşi vaksinalarni özlaştirib, fuqaro M.Q.ga 4,6 ming dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qölga olingan.

Yaqinda Jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudi tomonidan fuqaro U.M.R. va M.S.X.ga hukm öqilgan. Unga köra, fuqaro U.M.R. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, unga 1 yil tibbiyot sohasida işlaş huquqidan mahrum qiliş hamda BHMning 30 baravari miqdorida jarima jazosi qöllangan.

M.S.X.ga esa 2 yil tibbiyot sohasida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.